Nulla delectus dict
AyTi sohasi vakillari qayerlarda ishlashlari mumkin?
AyTi sohasida o‘qiyotgan insonlar har doim ham kelajakda qayerda ishlashlari haqida tasavvurga ega bo‘lishavermaydi. Bugungi maqola orqali AyTi’chilar qayerlarda faoliyat olib borishlari mumkinligi va ularning bir biri-dan farqlari haqida ma’lumot berishga harakat qilamiz.
1. AyTi’chilar uchun karyera maydonlari
2. Kompaniya yoki tashkilotda ishlash afzalligi
3. Agentlikda ishlashning qanday foydalari bor?
4. Kimlar frilanser sifatida ishlay oladi?
5. Ish topish mumkin bo’lgan manbalar
1. AyTi’chilar uchun karyera maydonlari
Hozirgi kunda moliya, sog’liqni saqlash, ta’lim, xizmat ko‘rsatish, transport, sanoat, hokimiyat ishlari, qishloq xo‘jaligi, umuman deyarli barcha sohalarda AyTi’dan foydalaniladi. Shunga ko‘ra, soha vakillari ishlashi mumkin bo‘lgan muhitni 3 ta guruhga ajratsa bo’ladi.
Birinchisi, kompaniya va tashkilotlarda doimiy xodim bo‘lib. Ikkinchisi agentliklarda, uchinchisi esa frilanser sifatida. Maqolaning keyingi qismlarida tashkilot, agentlik va frilanser sifatida ishlash o’rtasidagi farqlarni ko’rib chiqamiz.
2. Kompaniya yoki tashkilotda ishlash afzalligi
Sohada tezroq o‘sishni xohlagan insonlar uchun jamoa bo’lib ishlashdan yaxshisi yo’q. Ayniqsa, AyTi’ga endi kirgan junior’lar uchun yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadigan, fidbek beradigan hamkasb, ustozlar bo‘lishi juda ham muhim sanaladi. Shuningdek, ko’plab kompaniyalarda rasmiy ish hisoblangani uchun mehnat shartnomasi ham tuziladi. Bu esa “staj” qo‘shilib boradi degani. Doimiy, kafolatlangan maosh va boshqa ijtimoiy kafolatlarni ham afzalliklar qatoriga qo‘shishimiz mumkin.
4.https://t.me/qamaruz (Kanalda zamoviy kasblar bo’yicha e’lonlar berib boriladi)
Eslatma, «Na3. Agentlikda ishlashning qanday foydalari bor?
Agentliklar bir vaqtning o’zida bir necha yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatgani uchun, undagi xodilmlardan universallik talab qilinadi. Bosim yuqoriroq bo‘lgani uchun, maoshlar ham tashkilotlarga qaraganda balandroq bo‘ladi.
4. Kimlar frilanser sifatida ishlay oladi?
Aslida, frilenser sifatida ishlash uchun hech qanday to‘siq mavjud emas. Ammo, tajriba masalasi bu joyda ham alohida ahamiyatga ega. Agar sizning yaqin tanishingiz bo‘lmasa, hech kim tajribasi yo’q insonga o‘z loyihasini ishonib topshirmaydi.
Frilanserlikning asosiy afzalliklari – bular erkin grafik va yaxshi daromad. Lekin bu ham, loyiha masshtabi hamda byudjetiga bog’liq masala.
4. Ish topish mumkin bo‘lgan manbalar
O‘zbekiston sharoitida, ish topish uchun eng yaxshi usul “tanish-bilishchilik” (networking) hisoblanadi. Bundan tashqari, quyida AyTi sohasi bo‘yicha ish e’lonlari berib boriladigan sayt va kanallar havolasini keltirib o’tamiz:
1. www.Hh.uz (O‘zbekistondagi eng katta ish e’lonlari haqidagi sayt)
2. www.olx.uz (Olx,uz da nafaqat mahsulot, balki ko‘plab ish e’lonlarini ham uchratish mumkin)
3.https://t.me/UstozShogird (Bu Telegram kanalda dasturlash yo‘nalishlariga oid e’lonlar berib boriladi)
Najot Ta'lim» bootcamp kursi bitiruvchilari uchun markaz qoshidagi “Tech jobs” kompaniyasi tomonidan ish takliflari berilishi kafolatlanadi.
#frilanser #agentlik #AyTida_ish #IT #zamonaviy_kasblar #vakansiya
Yangilik muallifi:
Yangilik muallifi: